Maxfiylik Siyosati

Oxirgi yangilanish: 05.06.2025

MS(PP) version: 0.0.2v

UPDATED(0.0.2v-05.06.2025)

Nima yangiliklar: Maxfiylik Siyosati matniga foydalanuvchining lokatsiya ma'lumotlarini yig'ish va undan foydalanish bandi qo'shilgan holda to'ldirilgan varianti taqdim etildi. Ushbu qo'shimchalar 2-, 3- va 5-bandlarda kerakli o'zgartirishlar bilan kiritildi.

Ilova nomi: Qayiq Mobile

Dasturchi: KEMA FUTURE

1. Kirish

Ushbu maxfiylik siyosati "Qayiq Mobile" ilovasining foydalanuvchilardan qanday ma'lumotlarni to'plashi, ulardan qanday foydalanilishi va qanday himoya qilinishini tushuntiradi. Ilovadan foydalanish orqali siz ushbu siyosatga rozilik bildirgan bo'lasiz.

2. Yig'iladigan ma'lumotlar

Biz quyidagi ma'lumotlarni to'plashimiz mumkin:
  • Foydalanuvchi ismi, telefon raqami, email manzili (ro'yxatdan o'tishda)
  • Qurilma ma'lumotlari (model, OS versiyasi)
  • Foydalanish statistikasi (qaysi bo'limlardan foydalanilganligi)
  • Reytinglar, test natijalari, ballar
  • Foydalanuvchining joylashuv ma'lumotlari (lokatsiya), agar foydalanuvchi ruxsat bersa
Eslatma: Biz kredit karta yoki to'lov ma'lumotlarini yig'maymiz.

3. Ma'lumotdan foydalanish

Yig'ilgan ma'lumotlar quyidagi maqsadlarda ishlatiladi:
  • Ilova funksiyalarini taqdim etish va takomillashtirish
  • Foydalanuvchining test tarixini va natijalarini saqlash
  • Foydalanuvchiga moslashtirilgan xizmatlar ko'rsatish
  • Muammolarni hal qilish yoki texnik yordam ko'rsatish
  • Joylashuvga asoslangan kontent yoki xizmatlar taqdim etish (masalan, mintaqaviy reytinglar)

4. Uchinchi tomon xizmatlari

Ilovada ba'zida quyidagi xizmatlar ishlatilishi mumkin:
  • Google Analytics (foydalanish statistikasi uchun)
  • Firebase (ro'yxatdan o'tish va push xabarnomalar uchun)
Ushbu xizmatlar o'z maxfiylik siyosatlariga ega.

5. Ma'lumotlarni saqlash va xavfsizlik

Sizning ma'lumotlaringiz xavfsiz serverlarda saqlanadi va:
  • Parollar hash holatda saqlanadi
  • Ma'lumotlar uzatilganda shifrlanadi (HTTPS)
  • Joylashuv ma'lumotlari faqat kerakli funksiyalar uchun ishlatiladi va maxfiy saqlanadi

6. Foydalanuvchi huquqlari

Siz quyidagi huquqlarga egasiz:
  • O'zingiz haqingizdagi ma'lumotni ko'rish va tahrirlash
  • Hisobingizni o'chirish
  • Ma'lumotlaringizni bizdan o'chirib tashlashni talab qilish

7. Bolalar maxfiyligi

Ilova 13 yoshdan katta foydalanuvchilarga mo'ljallangan. Bolalarga oid ma'lumotlar ataylab yig'ilmaydi.

8. O'zgarishlar haqida

Ushbu siyosat vaqti-vaqti bilan yangilanib turadi. O'zgarishlar ilovada yoki rasmiy saytimizda e'lon qilinadi.